🇺🇿Joriy yilning 27-avgust kuni Sharof Rashidov tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari katta shodiyona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Bayram dasturi davomida ijro etilgan ko‘ngilochar kuy-qo‘shiqlar, shuningdek, O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi xonandalari Akmal Isroilov,Sanjar Xolxodjayev,Maysara Dovurova,Adhambek To’ychiyev,Asqar Rahmatullayev,Bahora Esanovalar hamda bo’linma qoshidagi “Afsona” raqs jamoasi qolaversa poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli “Benom” guruhi vakillari Sarvar va Komilning chiqishlari yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi