🇺🇿Joriy yilning 28-avgust kuni Arnasoy tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Bayram dasturi davomida ijro etilgan ko‘ngilochar kuy-qo‘shiqlar, shuningdek, O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi xonandalari Akmal Isroilov,Adhambek To’ychiyev hamda Dilnoza Odilovalar, qolaversa poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli xonanda Xamdam Sobirovning chiqishlari yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.