Joriy yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasida Badiiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni kengash raisi Jizzax viloyati Musiqali drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jo‘ra Isroilov ochib berib,bo‘linmaning yil davomidagi faoliyatini e‘tirof etib, kun tartibidagi masalalarni e’lon qildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan,bo‘linma direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev hamda bo‘linma badiiy rahbari D.Normatovlar so‘zga chiqib, ijodiy jamoalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning malaka toifalarini ko‘rib chiqish, yuzasidan fikrlarini bildirdilar.
Yig‘ilish yakunida Badiiy Kengash tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.