Menu Close

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-3813-sonli qarori ijrosini ta’minlash shuningdek, xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqa-estetik jihatdan tarbiyalash tizimini takomillashtirish hamda milliy, mumtoz va zamonaviy san’atimizni targ‘ib qilish ustuvor vazifalardan etib belgilandi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari tegishli tartibda akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyalari huquqiy vorisi hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Milliy mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish;

Aholining musiqa va raqs san’atiga bo‘lgan ma’naviy ehtiyojini lektoriy, konsert ishlari hamda musiqiy ma’rifiy ishlar orqali shakllantirish va qondirish;

Musiqa va raqs san’ati sohasidagi ijodkorlarning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

Musiqa va raqs san’atidagi yutuqlarni O‘zbekistonda va xorijda keng targ‘ib qilish;

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi repertuarini milliy va xorijiy mumtozning eng sara namunalari bilan to‘ldirish.

Musiqiy-ma’rifiy ishlar orqali barkamol shaxsni shakllantirish, aholini estetik va axloqiy tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish;

Barcha turdagi va janrdagi musiqa hamda raqs san’atini faol targ‘ib qilish, ularni radio va televideniya, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali shu jumladan internet tarmog‘ida ommalashtirish;

Musiqa va raqs jamoalari hamda ijrochilarining badiiy darajasi va kasb mahoratini takomillashtirish;

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi faoliyat boshlanagandan buyon shu kunga qadar ko‘plab xalqaro va mahalliy ko‘rik-tanlov, festivallarda faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.