Menu Close

Yil sarhisobi.

Yil_sarhisobi_2024

❇️ O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 2024-yillik faoliyati sarhisob qilindi.

Poytaxtimizdagi Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi markaziy apparati, barcha badiiy jamoalar rahbarlari hamda hududiy bo‘linmalar direktorlari va o‘rinbosarlari ishtirokida Muassasa tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti va 2025 yil rejalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

⏩ Yig‘ilishni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori A. Tojiboyev ochib berib, barchani yangi 2025-yil bilan samimiy tabrikladi va yakuniga yetgan 2024 yil yurtimizda davlatimiz taraqqiyoti va insonlar farovonligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar, dolzarb chora-tadbirlar hamda ulkan rejalar amalga oshirilganligini bildirdi. Shuningdek, barcha sohalar qatori madaniyat va san’at yo‘nalishida ham sohani huquqiy jihatdan takomillashtirish hamda ijodiy loyihalarni hayotga tadbiq qilish borasida juda ko‘plab sa’y-harakatlar qilinganini, bu borada O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan ham samarali ishlar bajarilganini alohida ta’kidladi.

⏩ Jumladan, 2024-yil davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 3 ming 393 ta madaniy-ma’rifiy, konsert-tomosha tadbirlari va rasmiy qabul marosimlari o‘tkazilib, ular orqali 1 mln. 653 ming 928 nafar tomoshabin qamrab olingani Muassasa rahbari tomonidan ma’lum qilindi.

⏩ Batafsil: https://filarmoniya.uz/information/news/77

Ma’lumot O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmat tomonidan taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan