Tadbir…
Jizzax shahrida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlandi.
Jizzax shahrida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlandi.
Bayram dastlab, Jizzax shahridagi «Motamsaro ona» haykali poyiga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi hamda Vatan ravnaqi yo’lida jon fido etganlar xotiralandi.
Shundan so’ng, bayramning tantanali qismi Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar zalida bo’lib o’tdi. Unda Oʼzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev soʼzga chiqib, viloyat aholisini, harbiylarni samimiy tabrikladi.
Tashkil etilgan bayram dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan yurtni tarannum etguvchi kuy-qo’shiqlar ijro etildi.