Menu Close

»Qadriyatlaring boqiy bo’lsin Navro’z»

Baxmal tumanida «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin,Navro‘z!» shiori ostida bayram tantanalari keng nishonlandi.

Joriy yilning 17 – mart kuni Baxmal tumani sport maktabining markaziy o‘yingohida tabiatning uyg‘onish va yangilanish bayrami bo‘lmish Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayramda tuman hokimi Ergashev Aziz Mamarasulovich so‘zga chiqib, barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng tantanali konsert dasturiga navbat berildi.Unda Toshkent shahridan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar bilan birga O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi katta ijodiy jamoasi xonanda ,sozanda hamda raqqosalari ham faol ishtirok etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan