Menu Close

Sharof Rashidov tumanida Navro’z bayrami tantanalari

  • Joriy yilning 19 – mart kuni Sharof Rashidov tumanidagi markaziy o‘yingohda «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz namoyish etilib, mehmonlar uchun turli madaniy dasturlar, kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar namoyish etildi.

Shuningdek, bayram tadbirining badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi katta ijodiy jamoasi o‘zlarining sho‘x kuy qo‘shiqlari bilan ishtirok e’tib  yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdilar.

Navro‘zning tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari yana bir bor yuksak e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz! Viloyatimizning ko‘plab tuman va shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Navro‘z bayrami tantanalrida Jizzax filarmoniyasi katta ijodiy jamoasi faol ishtirok etmoqdalar.Bayram tantanalari davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan