Menu Close

»Qadriyatlaring boqiy bo’lsin Navro’z»

Joriy yilning 20 – mart kuni Jizzax shahrida joylashgan O‘rda istirohat bog‘ida «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z» shiori ostida viloyatimiz asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Bog‘ hududi bayromaona bezatilib, maxsus joylar ajratildi. Ushbu ajratilgan joylarda milliy urf-odatlarimiz aks etgan о‘yinlar, milliy taomlar, hunarmandlar kо‘rgazmalari tashkillashtirildi.

Tayyorlangan konsert dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori va viloyat ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida bo‘linma xonandalari va raqqosalari qolaversa poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlarning kuy qо‘shiqlari yig‘ilganlarda katta ta’surot qoldirdi.Konsert yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan