Menu Close

Millatlar do’stligi bayram sayllari bo’lib o’tmoqda

Ayni kunlarda viloyatimizning barcha mahallalarida, shu jumladan qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi mahallalarda xalq sayllari shodu-xurramlik bilan bo’lib o’tmoqda.

Bugun 29-mart kuni Zomin tumanining “Baxt” va “Chilonzor” mahallalarida «Vatan yagonadir, vatan bittadir» shiori ostida «Millatlar do‘stligi» bayram sayllari o‘tkazilmoqda.

  • Jumladan, turli millat va elatlarning vakillari bilan birgalikda o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarda milliy taomlar, milliy kiyimlar ko’rgazmalari, milliy xalq o’yinlari hamda teatr aktyorlari, estrada xonandalari, folklor etnografik xalq ansambllari ishtirokidagi konsert dasturlari do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
  • Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi taniqli xonandalari xam faol ishtirok etmoqdalar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan