Menu Close

Aql jangi g’oliblari aniqlandi…

Imkoniyati cheklanganlik imkoniyatlarni cheklamaydi. Rivojlanish, yuksalish va g’alaba ishtiyoqidagi har bir inson o’z maqsadlarining, kelajak shohsupalarining bunyodkori bo’lishga qodir.Joriy yilning 4-may kuni Kiber arena majmuasida DXX Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi boshlig’i sovrini uchun imkoniyati cheklangan fuqarolar o’rtasidagi shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan aql janglari g’olib va sovrindorlari aniqlanib, munosib rag’batlantirildi. Faol ishtirok etgan barchaga esdalik sovg’alari topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston avlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan