Barchamizga ma‘lumki 15 – may butun dunyoda Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi.
Sana munosabati bilan 2025 – yilning 15 – may kuni Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar saroyida tanatanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev, xonandalar Akmal Isroilov, Maysara Dovurova,Rashid Egamov,Gulchehra Xayrulina,Adhambek To‘ychiyev,Muhammadsardor Botirjonov,Bahora Esanovalar va bo‘linma suhandoni Jumabek Gulboyevlar hamda «Afsona»raqs jamoasi o‘zlarining konsert dasturlari bilan ishtirok etdilar.