Menu Close

Joriy yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tojiboyevning onlayn qabuli o‘tkazildi!

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topish maqsadida o‘tkazilgan mazkur onlayn qabulda ko‘plab ishtirokchilar qatnashishib, o‘zlarining murojaatlari, muammolari va takliflarini bildirishdi.

Jumladan, Filarmoniyaga ishga joylashish, tizimdagi ma’lum bir ijodiy jamoani sahna liboslari va yoki musiqiy asboblar ta’minlash, hududiy bo‘linmaning avtotransport masalasi, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ular ishtirokida konsert dasturi tashkil etish, taqdirlash marosimlarida yoshlarga ham ko‘proq e’tibor qaratish kabi bir-biridan dolzarb murojaatlar tinglanib, qonun doirasida ularni hal qilish borasida mas‘ullarga ko‘rsatma berildi.

Ahamiyatlisi, Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasining yangi musiqiy asboblar, Andijon viloyati hududiy bo‘linmasining avtotransport bilan bog‘liq masalalari ham joyida ijobiy hal qilindi.

Bir soat davom etgan mazkur onlayn qabul ko‘plab murojaatlarga huquqiy yechim bergani hamda fuqarolarning ancha vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolarini hal qilishga yaxshi imkoniyat bo‘lgani bilan samarali kechdi.

Qabul yakunida Anvar Tojiboyev murojaatlar uchun nafaqat bu kabi jarayonlarda, balki har doim Filarmoniya va uning rahbari eshiklari ochiqligini alohida ta’kidlab, sohaga oid masalalarni vakolati doirasida hal qilishga hamisha tayyorligini ma’lum qildi.

Ma’lumot O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati tomonidan taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan