O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Jizzax viloyatidan qator soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev barcha o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan samimiy tabriklab, Davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali tarzda topshirdi.
Shundan so‘ng bayram munosabati bilan “Yakkasaroy» tantanalar majmuasida o‘qituvchi va murabbiylar uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori, viloyat ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida bo‘linma ijodkorlari tomonidan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi.
??O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi axborot xizmati