Menu Close

Ustoz va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlandi.

Joriy yilning 30-sentabr kuni viloyat Muaiqali drama teatrida 1-oktabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyatimiz miqyosida yosh avlodni tarbiyalashda fidokorona mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar munosib taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimidan so‘ng badiiy qismga navbat berildi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori va viloyatimiz ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida konsert dasturi namoyish etildi.Konsertda bo‘linmaning “Navo” ashula va raqs ansambli hamda bo‘linma qoshidagi Afsona raqs jamoasi o‘zlaring diltortar kuy qo‘shiq,raqslari bilan faol ishtirok etdilar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan