O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2024-yildagi PQ-391-son qaroriga asosan yosh iqtidorlarni kashf etish va ularning ijodini keng targ‘ib etish maqsadida «Maktab yulduzi» tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning 1 bosqichi maktablar kesimida Sh.Rashidov tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlovda iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori Odil Orinov boshchiligida ijodkorlar tomonidan baholab borilmoqda.
Shunday tanlovlardan biri 17-oktyabr kuni Sh.Rashidov tumani 31-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘lib o‘tdi.Tanlovda bo‘linmaning Konsert tomosha tadbirlarini tashkil etish va boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammadjon Yakubjanov va bo‘linma xonandasi Yangi O‘zbekistonning yangi taronalari respublika ko‘rik tanlovi laureati Adhambek To‘ychiyevlar xakam sifatida baholab bordilar.Yakunda eng munosiblar keyingi bosqichga yo‘llanmalar taqdim etildi