Joriy yilning 15-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida viloyat hokimligi,madaniyat boshqarmasi,milliy madaniy markazlar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”munosabati bilan ‘’O’zbekiston bag’rikeng diyor’’ shori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi xonandalari Adhambek To‘ychiyev,Murod Urdushev,Mardon O’rolov,Janon Vaqqosova,Olmahon Abdullayeva,Gulchehra Xayrulina,Akmal Isroilov,Husan Jo‘rayev hamda Afsona raqs jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.