2025-yilning 22-noyabr kuni Yangiobod tumanida Madaniyat markazi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman hokimi, viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, madaniyat va san’at xodimlari shuningdek, yoshlar ishtirok etdi.
Yillar davomida kapital ta’mirga muhtoj holatda bo‘lgan mazkur Madaniyat markazi qisqa muddat ichida rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida jihozlanib, foydalanishga topshirildi. Bino sahna jihozlari, yoritish va ovoz kuchaytirish tizimlari, to‘garak xonalari bilan ta’minlandi.
Ochilish marosimida madaniyat va O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi ijodiy jamoasi tomonidan tomonidan bayramona konsert dastur namoyish etildi.