Menu Close

«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha Ishchi guruh tashkil etildi.

✅ Kuni-kecha, madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Bahodir Ahmedov hamda madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Majidov, shuningdek tegishli mas’ullar Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Ishchi guruh a’zolariga Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari Rustam Qobilov hamrohlik qildi.

✅ Ishchi guruh a’zolari festival tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Boqiy shahar” majmuasining sharoit hamda imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, operativ shtab tashkil etilishi ko’zda tutilayotgan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining situatsion markazi, Boqiy shahar hududidagi 2 ta maxsus binolar bilan tanishdilar.

✅ Shu bilan birga, festivalning ochilish va yopilish marosimlari, xalqaro tanlov tashkil etiladigan amfiteatr binosi, mahalliy va xorijiy ishtirokchilar uchun ajratilgan mehmonxonalar, OAV vakillari uchun matbuot markazi, festival doirasida o’tkaziladigan xalqaro konferensiya manzili ko’zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, xorijlik taniqli san’atkorlar va o’zbek estradasi vakillari ishtirokida Samarqand viloyatining 16 ta shahar va tumanlarida konsert dasturlarini tashkil etish, Ishchi guruh tarkibiga kiruvchi turli vazirlik hamda idoralar vakillaridan tashkil topadigan kichik ishchi guruhlarni tuzish, Samarqand xalqaro aeroporti va vokzalida opetativ shtab faoliyatini yo’lga qo’yish, festivalning xorijiy ishtirokchilariga hamrohlik qiluvchi 100 nafardan ortiq volontyorlar tarkibini sarab olish hamda ularni o’qitish kabi masalalar muhokama qilinib, festival tashkil etiladigan hududda viloyatlardan tashrif buyuradigan ko’rgazma va hunarmandlar uchun yarmarka tashkil uchun sharoit yaratish tavsiya etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan