Menu Close

Jizzaxda Quruvchilar kuni tantanali nishonlandi.

Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida Quruvchilar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o’tkazildi. Unda soha fariylari, muhandislar, me’morlar, quruvchilar va yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug’bek Mustafoyev quruvchi va bunyodkorlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, viloyatda uy-joylar, ijtimoiy obyektlar, yo’llar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bayram tabirida O’zbek milliy maqom san’ati markazi Jizzax viloyat hududiy bo’limi hamda O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi qoshidagi “ Afsona “ raqs jamoasining chiqishlari ishtirokchilarga xush kayfiyat bag’ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan