Joriy yilning 30-avgust kuni Jizzax shahrida bunyod etilgan zamonaviy va muhtasham amfiteatrda eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida poytaxtimizdan tashrif buyurgan estradamiz yulduzlari bilan bir qatorda O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi ijodkorlari Sanjar Xolxodjayev,Adhambek To’ychiyev,Iroda Xo’janova,Shoxrux O’rozaliyev,Bahora Esanova,Dilshod Erkinovlar hamda bo’linma qoshidagi “Afsona” raqs jamoasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligi, tinchlik-osoyishtalikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etilmdi.