Menu Close

Bag’rikenglik xaftaligi doirasida tantanali tadbir

Joriy yilning 16-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida viloyat hokimligi,madaniyat boshqarmasi,milliy madaniy markazlar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari L.Axmadjonov kirish so‘zi bilan ochib barchani 16-noyabr–“Xalqaro bag‘rikenglik kuni”bilan tabrikladi va viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

?Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev boshchiligida jamoa xonandalari Adhambek To‘ychiyev,Ilg‘or Malikov,Asqar Rahmatullaev,Iroda Xo‘janova,Olmahon Abdullayeva,Gulchehra Xayrulina,Akmal Isroilov,Husan Jo‘rayev hamda Afsona raqs jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan