Madaniy faoliyat sohasida fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish (mualliflik huquqi) hamda ulardan foydalanish, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali eshittirish va namoyish etish tashkilotlarining eshittirishlari hamda ko‘rsatuvlarini yaratish va ulardan foydalanish (turdosh huquqlar) bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Ijodiy faoliyat bilan kasbiy va nokasbiy asosda (havaskorlik asosida) shug‘ullanuvchi ijodkorlar mualliflik huquqi hamda turdosh huquqlar sohasida teng huquqlarga, shuningdek intellektual mulk huquqiga, o‘z ijodiy faoliyatining natijalarini erkin tasarruf etish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonuni, 17-modda