Bugun 31-mart kuni Zomin tumanining “Duoba” mahallasida millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
«Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt» shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri katta sayilga aylanib ketdi.
Bayram tadbiriga tashrif buyurganlar o‘zbek va qo‘shni xalqlarning o‘ziga xos milliy an’ana va qadriyatlarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘lishib, iliq taassurotlar olmoqdalar.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida bo‘linma direktori o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev xonandalar Akmal Isroilov,Adhambek To‘ychiyev,Dilshod Erkinov,Bahora Esanova hamda «Afsona»raqs jamoasi o‘zlarining konsert dasturlari bilan faol ishtirok etdilar.