Jizzax_viloyati…
15-aprel «O’zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni» munosabati bilan Jizzax shahrida joylashgan Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrida tantanali tadbir tashkil etildi.
Sohada ko’p yillardan buyon fidokorona xizmat qilayotganlar va soha rivoji uchun o’z xissasini qo’shib kelayotgan xodimlar viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.Taqdirlanganlar safida bo‘linma xodimlari O‘rol Xaqberdiyev,Rashid Egamov,Maysara Dovurova,Asqar Rahmatullaev,Mahkamova Xamro,Rano Toshpo‘latova,Nilufar Ismatovalar xam munosib e’tirof etildi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.