Menu Close

Madaniyat kunlari…

Jizzax shahrida“Madaniyat va san’at haftaligi”doirasida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda madaniy hayotni yanada jonlantirish, aholining ma’naviy-estetik saviyasini oshirish, san’at orqali madaniy hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab “Madaniyat va san’at haftaligi” doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 29-aprel kuni Jizzax shahri Yoshlar shahrchasida konsert dasturi tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Iroda Iskandarova hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodkorlari ishtirok etdilar
“Madaniyat va san’at haftaligi” doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni san’at va madaniyatga yaqinlashtirish, shuningdek hamda yosh avlodda estetik dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan