O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 2025-yil 1-maydagi 01-20-507-sonli topshirig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga asosan aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil
21-apreldagi PF–71-son farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PQ–147-son qarori va ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning targ‘ibot materiallari huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish uchun yuborilgan bo‘lib, ushbu targ‘ibot materiallari asosida 2025-yilning 2-may kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi yuristkosulti D.Qarshiboyev tomonidan bo‘linma xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda D.Qarshiyev so‘zga chiqib “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PQ–147-son qarori va ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning targ‘ibot materiallari huquqiy targ‘ibotlarini o‘qib eshittirdi.
Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
TARG’IBOT…