Menu Close

Jizzaxda xotira va qadirlash bayrami nishonlandi…

Jizzax shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bо‘lib о‘tdi.

Ushbu muhim sana munosabati bilan tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qо‘yildi. Ishtirokchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarini hurmat bilan yodga olib, ularning mardligi va jasoratini ehtirom bilan tilga olishdi.

Bu kun — xalqimiz tarixidagi eng mashaqqatli, ammo sharafli sahifalarni eslash, mardlik va fidoyilik timsoli bо‘lgan avlodlar xotirasiga hurmat bajo keltiriladigan muqaddas sanadir

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan