Menu Close

O‘tgan mavsumda faollik ko‘rsatgan yana bir guruh ijodkorlarga ko‘krak nishoni topshirildi!

“Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 89-konsertlar mavsumi ochilishi munosabati bilan 88-mavsum davomida faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etdi.

⏩ Ma‘lumki, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi har yili an’anaga ko‘ra, yangi konsertlar mavsumi ochilishi marosimini tantanali tarzda nishonlaydi hamda unda o‘tgan mavsum davomida faollik ko‘rsatgan xodimlar va ijodkorlar taqdirlanadi.

⏩ Bu yil ham ana shu an’ana davom etdi va 2024-2025 yillardagi 88-konsertlar mavsumida faol mehnat qilgan, davlat va tashkilot faoliyatida o‘zining samarali xizmatlari bilan namuna ko‘rsatgan bir guruh ijodkorlar munosib rag‘batlarga sazovor bo‘lishdi.

⏩ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan jonajon vatanimiz ravnaqi, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, betakror ijod namunalarini xalqimizga mahorat bilan taqdim etish hamda ularni yosh avlodga o‘rgatib borish yo‘lidagi samarali xizmatlari uchun Filarmoniya ijodkorlarining bir guruhi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani e’lon qilindi.

⏩ Marosimi davomida mazkur mukofotlar madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Ahmedov tomonidan ijodkorlarga tantanali topshirildi.

⏩ Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘tgan 88-konsertlar mavsumida o‘zining yorqin iste’dodi, tashabbuskorligi va ijodiy izlanishlari bilan faollik ko’rsatgan bir qator ijodkorlar ham munosib rag‘batlarga sazovor bo‘lishdi.

⏩ Marosim yakunida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, madaniyat va san’at sohasi rivojlantirish hamda xalqimizga ma’naviy zavq ulashish yo‘lida sidqidildan mehnat qilayogan barcha ijodkorlarning sharafli faoliyatiga omadlar tiladi.

O‘tgan mavsumda faollik ko‘rsatgan yana bir guruh ijodkorlarga ko‘krak nishoni topshirildi!

✅ “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 89-konsertlar mavsumi ochilishi munosabati bilan 88-mavsum davomida faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etdi.

⏩ Ma‘lumki, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi har yili an’anaga ko‘ra, yangi konsertlar mavsumi ochilishi marosimini tantanali tarzda nishonlaydi hamda unda o‘tgan mavsum davomida faollik ko‘rsatgan xodimlar va ijodkorlar taqdirlanadi.

⏩ Bu yil ham ana shu an’ana davom etdi va 2024-2025 yillardagi 88-konsertlar mavsumida faol mehnat qilgan, davlat va tashkilot faoliyatida o‘zining samarali xizmatlari bilan namuna ko‘rsatgan bir guruh ijodkorlar munosib rag‘batlarga sazovor bo‘lishdi.

⏩ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan jonajon vatanimiz ravnaqi, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, betakror ijod namunalarini xalqimizga mahorat bilan taqdim etish hamda ularni yosh avlodga o‘rgatib borish yo‘lidagi samarali xizmatlari uchun Filarmoniya ijodkorlarining bir guruhi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani e’lon qilindi.

⏩ Marosimi davomida mazkur mukofotlar madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Ahmedov tomonidan ijodkorlarga tantanali topshirildi.

⏩ Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘tgan 88-konsertlar mavsumida o‘zining yorqin iste’dodi, tashabbuskorligi va ijodiy izlanishlari bilan faollik ko’rsatgan bir qator ijodkorlar ham munosib rag‘batlarga sazovor bo‘lishdi.

⏩ Marosim yakunida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, madaniyat va san’at sohasi rivojlantirish hamda xalqimizga ma’naviy zavq ulashish yo‘lida sidqidildan mehnat qilayogan barcha ijodkorlarning sharafli faoliyatiga omadlar tiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan