Menu Close

»Jasorat maktabi» yopilish marosimi…

Jizzax garnizonida “Jasorat maktabi” yakunlandi

Joriy yipning 8-oktyabr kuni Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda harbiy qism qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig‘in yakunida ishtirokchilarga tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, “Harbiy estafeta”, “Mini futbol”, “Milliy kurash” va “Zakovat” musobaqalarining g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir so’ngida O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi xonandasi Gulchehra Xayrulina tominidan vatanni madh etuvchi kuy qo’shiqlar ijro etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan