Menu Close

Konsert…

Barchamizga ma‘lumki har yili 21 – oktyabr yurtimiz bo‘ylab O’zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan joriy yilning 21 – oktyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida tantanali tadbir tashkil etildi.Tadbirda yozuvchilar uyushmasi xodimlari,shoirlar,adiblar ishtirok etib barcha yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev boshchiligida jamoa xonandalari Akmal Isroilov, Maysara Dovurova,Shoxrux O‘razaliyev,Gulchehra Hayrulina,Dilshod Erkinov,Adhambek To‘ychiyev,Bahora Esanova,Janon Vaqqosova hamda Afsona raqs jamoalasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan