Menu Close

Xalqaro_hamkorlik…

xalqaro_hamkorlik

Qirg‘iz kamer orkestri direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi!

“Oltin kuz” II-Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tojiboyev Qirg‘iziston Respublikasi Chuy kamer orkestri direktori Ayza Satindiyeva bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Unda har ikki tomon kamer orkestrlarining o‘zaro tajriba almashinuvlari va professional musiqachilarning mahorat saboqlarini doimiy tashkil etib borish, qo‘shma musiqiy loyihalarni amalga oshirish kabi qator masalalar yuzasidan suhbat qurildi.

Samimiy kechgan uchrashuvda Ayza Satindiyeva festival doirasidagi barcha konsertlar va tadbirlarning juda ko‘tarinki va professional tarzda o‘tganini alohida ta’kidlab, buning uchun jamoa nomidan tashakkurlarini izhor etdi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni doimiy davom ettirish lozimligini bildirib, Anvar Tojiboyevni Qirg‘izistonga taklif qildi.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan