Joriy yilning 13-dekabr kuni Jizzax shahridagi Yakkasaroy tantanalar majmuasida Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni tantanali tarzda nishonlandi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi Ulug’bek Mustafoyev ishtirok etib, barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.
Soha fidoiylari mehnati eʼtirof etilib, viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi.
Tantanali tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori viloyat ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissori O.Orinov boshchiligida bo’linmaning “Navo” hamda “Afsona” raqs jamoalari tomonidan jonli ijrodagi katta konsert dasturi namoyish etildi.