2026-yil,9-fevral kuni JDPU ning madaniyat saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatrining taniqli xonandalari va san’atkorlari, shuningdek, JDPU qoshida tashkil etilgan talabalar maqom ansambli ishtirokida Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan nazm va navo kechasi tadbiri tashkil etildi.
Badiiy dastur davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari, maqom ohanglari hamda sahnaviy ko‘rinishlar yuksak mahorat bilan ijro etilib, tomoshabinlarga chuqur ma’naviy zavq ulashdi.
Mazkur “Nazm va navo kechasi” Navoiy merosini targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.