Menu Close

filarmoniya

O‘zbekiston davlat filarmoniyasida 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi markaziy apparati xodimlari hamda hududiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Filarmoniya Bosh direktori Anvar Tojiboyev ochib, ishtirokchilarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi va 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida umumiy tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, filarmoniya hududiy bo‘linmalarining hisobotlari tinglanib, ularning faoliyati natijadorligi va kamchiliklari muhokama qilindi.

Yig‘ilish mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan, haftaning payshanba kuni “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini muntazam ravishda tashkil etish, ijro intizomiga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toqnashuvining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, odob-ahloq hamda ichki tartib-qoidalarining tadbiq etilganligi holati, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash, sohada amalga oshirilayotgan faoliyatning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilib, jiddiy tahlil qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayram tantanalariga hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 90 yillik yubiley tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan