O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida joriy yilning 30-aprel kuni soat 14:00 da Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.Mazkur uchrashuv bo‘linma direktori O.Orinov boshchiligida o‘tkazilib,unda sohada faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi,ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib,tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.Yig‘ilish yakunida mas’ullarga yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash,faoliyatini rag‘batlantirish yangi ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qulay muhit yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.Uchrashuvda bo‘linmada faol ijod qilib kelayotgan yosh ijodkor xodimlar,talaba yoshlar ishtirok etib,o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI