Bu shunchaki kitob emas, balki Yangi O‘zbekistonning bir yillik tarixiy rivojlanish yo‘li, yutuqlari va strategik qadamlarini muhrlagan yaxlit hujjatli yilnomadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyati, mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarini o‘zida jamlagan yangi “Yurt qayg‘usida 365 kun” nomli fundamental kitob-to‘plam dunyo yuzini ko‘rdi.
Bu nashr shunchaki kitob emas, balki Yangi O‘zbekistonning bir yillik tarixiy rivojlanish yo‘li, yutuqlari va strategik qadamlarini muhrlagan yaxlit hujjatli yilnomadir.Kitob muayyan xronologik ketma-ketlik asosida, yil davomida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni oylar kesimida batafsil yoritib beradi. Har bir oyning avvalida Davlat rahbari faoliyatining eng asosiy yo‘nalishlari qisqacha jamlangan bo‘lib, o‘quvchiga umumiy manzarani tushunishga yordam beradi.
Davlat rahbari faoliyatining yilnomasi: “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi nashr etildi