Menu Close

#Ijodiy_ko’rik



⚡️Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini izchil rivojlantirish, ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda badiiy jamoalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida navbatdagi ijodiy ko‘rik joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasida O’zbekiston davlat filarmoniyasi bosh badiiy rahbari Ramiz Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o’tkazildi.

Ko‘rik davomida bo‘linma tarkibida faoliyat yuritayotgan badiiy jamoalar va ijodiy xodimlarning kasbiy mahorati, ijro saviyasi, sahna madaniyati hamda ijodiy salohiyati atroflicha baholandi.

Shuningdek, ijodiy xodimlarning san’atga bo‘lgan yondashuvi, repertuar siyosati, sahnadagi ijrochilik mahorati va professional tayyorgarligi chuqur tahlil qilinib, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan