Bugun 31-mart Baxmal tumanidagi «Muzbuloq» mahallasida «Vatan yagonadir, vatan bittadir» shiori ostida «Millatlar do‘stligi» bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor ansambllarining chiqishlari, xalq o‘yinlari va sport musobaqalari tashkil qilinib, mahalla aholisi va mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib har bir millatning o‘ziga xos qadriyatlari aks ettirilmoqda.
O‘tkazilayotgan tadbirlarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi xonandalari xam topliq tarkibda ishtirok etmoqdalar.Jumladan ushbu tadbirda xonandalar Rashid Egamov,Gulchexra Xayrulina hamda Diyor Murodovlar o‘zlarining diltortar kuy qo‘shiqlari bilan faol ishtirok etdilar.