Menu Close

TARG’IBOT…

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 2025-yil 1-maydagi 01-20-507-sonli topshirig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy  madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil  9-yanvardagi PF–5618-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil  19-yanvardagi PQ–2733-son qaroriga asosan aholining barcha qatlamlari huquqiy  savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli  huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi  kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini  samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 
21-apreldagi PF–71-son  farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PQ–147-son qarori va ushbu  normativ-huquqiy hujjatlarning targ‘ibot materiallari huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish uchun yuborilgan bo‘lib, ushbu targ‘ibot materiallari asosida 2025-yilning 2-may kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi yuristkosulti D.Qarshiboyev tomonidan bo‘linma xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini  samarali tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda D.Qarshiyev so‘zga chiqib “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PQ–147-son qarori va ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning targ‘ibot materiallari  huquqiy targ‘ibotlarini o‘qib eshittirdi.
Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan