Joriy yilning 6-may kuni Jizzax shahridagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2 , 3 , 5 sinf o‘quvchilari hamda 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3 va 4 – sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxo‘jayev boshchiligida bo‘linma ijodiy jamoasi tomonidan lektoriy konsertlari namoyish etildi.
Konsert o‘quvchilar bilan ochiq muloqot, savol javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib о‘tamiz, Mazkur konsertlar О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori asosida о‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulot tarzida о‘tkazib kelinmoqda.