⏩ Xabar berganimizdek, 11-sentyabr “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining barcha ijodiy jamoalari ishtirokida 89-konsertlar mavsumining unutilmas ochilishi hamda munosib ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
⏩ Marosimda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, barchani yangi mavsum ochilishi bilan muborakbod etdi hamda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar jarayonida o‘z mehnatini ayamagan bir guruh Filarmoniya xodimlariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini tantanali topshirdi.