Menu Close

Lektoriy_konsert…

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Zaribdor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2 va 8 sinf o‘quvchilari hamda 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8 va 9 – sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxodjayev boshchiligida bo‘linma ijodkorlari tomonidan lektoriy konsertlari namoyish etildi.

♻️Konsert o‘quvchilar bilan ochiq muloqot, savol javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib о‘tamiz, Mazkur konsertlar О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori asosida о‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulot tarzida о‘tkazib kelinmoqda.


O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi axborot xizmati…

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan