Joriy yilning 10-oktyabr kuni Zarbdor tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-3-5-sinflari o‘quvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan lektoriy konsertlari namoyish etildi.
Konsert o‘quvchilar bilan ochiq muloqot, savol javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib о‘tamiz!!!
Mazkur konsertlar О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori asosida о‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulot tarzida о‘tkazib kelinmoqda