Barchamizga ma‘lumki har yili 21 – oktyabr yurtimiz bo‘ylab O’zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi.
Sana munosabati bilan o’zbek tilining jamiyatdagi o’rni qolaversa butun dunyoda tilimizning mavqeini yanada oshirish hamda keng targ’ib qilish maqsadida joriy yilning 20 – oktyabr kuni O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasida bo’linma rahbari O.Orinov boshchiligida yig’ilish bo’lib o’tdi.Yig’ilishda barcha xodimlarni davlat tili bayrami bilan tabriklab,bayram munosabati bilan bo’lib o’tadigan tantanali konsert dasturini yuqori saviyada o’tkazish va bo’linma ijodkorlarining ishtirokini taminlash yuzasidan tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borildi.