Menu Close

Jizzax shahrida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlandi.

Dastlab,Jizzax shahridagi «Motamsaro ona» haykali poyiga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi hamda Vatan ravnaqi yo’lida jon fido etganlar xotiralandi.

Shundan so’ng, bayramning tantanali qismi Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar zalida bo’lib o’tdi. Unda Qurolli kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev soʼzga chiqib, viloyat aholisini, harbiylarni samimiy tabrikladi.

Konsert badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi direktori ,ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida bo’linma ijodiy jamoasi tomonidan yurtni tarannum etguvchi kuy-qo’shiqlar ijro etildi.
Konsert dasturi jonli ijroda namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan