Menu Close

Kun: 31.03.2026

26-mart kuni Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda Jizzax viloyati prokurori Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Akmal Ahmedov ishtirok etishdi.

Tadbir davomida milliy urf-odatlar, konsert dasturlari va sport chiqishlari namoyish etildi. Tadbirning badiiy qismida O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi direktori o’rinbosari Sanjar Xolxodjayev boshchiligida…

2026-yilning 25-mart kuni Jizzax politexnika institutida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash” shiori ostida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bayram tadbirida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faol ishtirok etdi.Ko‘ngilochar chiqishlar konsert dasturiga ulanib, xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.Dasturda O’zbekiston davlat…

17-mart kuni Mirzacho‘l tumanida“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bayram tantanalari bo’lib o’tdi.Tashkil etilgan Navro‘z sayli doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak saviyada o‘tkazildi.

Bayram dasturida O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi xonandasi Adhambek To’ychiyev hamda mahalliy havaskor ijodkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari namoyish etilib, kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va…