7-mart kuni Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar saroyida 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirning badiiy qismida viloyat ommaviy va madaniy tadbirlar bosh rejissyori O.Orinov boshchiligida
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi katta ijodiy jamoasi xonanda, sozanda va raqqosalari faol ishtirok etdilar.Jonli ijroda namoyish etilgan konsert dasturi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.