Menu Close

26-mart kuni Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda Jizzax viloyati prokurori Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Akmal Ahmedov ishtirok etishdi.

Tadbir davomida milliy urf-odatlar, konsert dasturlari va sport chiqishlari namoyish etildi.

Tadbirning badiiy qismida O’zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo’linmasi direktori o’rinbosari Sanjar Xolxodjayev boshchiligida bo’linma xonandalari hamda Afsona raqs jamoasi konsert dasturlari bilan faol ishtirok etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan