Menu Close

Nazm va navo kechasi…

2026-yil,9-fevral kuni JDPU ning madaniyat saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatrining taniqli xonandalari va san’atkorlari, shuningdek, JDPU qoshida tashkil etilgan talabalar maqom ansambli ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan nazm va navo kechasi tadbiri tashkil etildi.
Dastur davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari, maqom ohanglari hamda sahnaviy ko‘rinishlar yuksak mahorat bilan ijro etilib, tomoshabinlarga chuqur ma’naviy zavq ulashdi.
Mazkur “Nazm va navo kechasi” Navoiy merosini targ‘ib etish, yoshlar qalbiga singdirishga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan